Fikrlash2 daqiqada o‘qiladi
133 kilodan boshlangan yo‘l
Ozg‘in va o‘ziga ishonmagan yigitdan 133 kilogacha, keyin esa minglab odamlarni sportga olib kelgan trenergacha.
Axad XudayarovTrener, motivator, dietolog

Axad Xudayarov yoshligida ozg‘in edi va o‘ziga ishonmasdi. Keyinchalik vazni 133 kilogrammga yetdi — va aynan shu nuqta uni hayotini butunlay o‘zgartirishga majbur qildi.
Bugun u trener, motivator va dietolog. Instagram’da 1,3 mln obunachi, onlayn va oflayn shogirdlar, Toshkentda hammuassis bo‘lgan Nero Fit zali.
U shogirdlariga ko‘p takrorlaydigan gap: «Yillar o‘z ustimizda ishlasak ham, ishlamasak ham o‘taveradi. Farqini o‘zing tushunding, atlet». Genetikaga ishonib o‘tirmasdan, birinchi qadamni bugun tashlash kerak.
