Mashq3 daqiqada o‘qiladi
Oyoq mashqlarining 3 asosiy qoidasi
Muvozanat, yuklamalarning to‘g‘ri taqsimlanishi va nafas. Oyoq kunida og‘ir ishlay olmayotganlar uchun.
Axad XudayarovTrener, motivator, dietolog

Oyoq mashqlarida og‘ir ishlay olmayotgan bo‘lsangiz, ko‘pincha sabab kuchda emas, quyidagi uch qoidadan birida.
1. Muvozanat
Butun tanani yondashuv boshidan oxirigacha — barmoqlar uchidan press mushaklarigacha — mahkam va tetik ushlang. Tana bo‘shashsa, yuklama oyoqqa emas, bo‘g‘imlarga tushadi.
2. Yuklama va dam olish
Yuklamalar va yondashuvlar ketma-ketligini, ular orasidagi dam olish va tiklanishni to‘g‘ri taqsimlang. Hammasini birinchi mashqda tugatib qo‘yish — eng ko‘p uchraydigan xato.
3. Yoqilg‘i — nafas
Mashq paytida to‘g‘ri nafas oling, tanaga yetarlicha kislorod bering. Bu juda muhim — xuddi mashinaga benzin quygandek.
Oyoq mashqlarida qiynalayotgan do‘stingiz bilan birga shu qoidalar bilan bajarib ko‘ring. To‘xtab qolma, atlet.
